2020 yil 22 sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 491 (+232) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 78 nafari Namangan viloyatida, 61 nafari Toshkent shahrida, 19 nafari Toshkent viloyatida, 16 nafari Andijon viloyatida, 12 nafari Jizzax viloyatida, 11 nafari Surxondaryo viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, yana 9 nafari Samarqand viloyatida hamda 7 nafari Xorazm viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor (erkak va ayol) vafot etdi.
Ayni paytda yurtimizda 48 606 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 445 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 536 nafari og‘ir, 283 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
O‘zbekistonlik jangchi UFC reytingida top-darajaga ko‘tarilganidan keyin nimalar dedi?
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
Sharmandaga shahar keng
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi