O‘zbekistonda 2021 yil 1 oktabrdan boshlab sud chaqiruvlari SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 4 sentabr kuni «Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagandi. Hujjat bilan 2020―2023 yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab barcha ishtirokchilarni sud majlislarining vaqti va joyi haqida SMS xabar orqali bepul asosda xabardor qilinadi. Ilgari sudga chaqirish qat’iy ravishda qog‘oz shaklda amalga oshirilar edi.
Shuningdek, 2021 yil 1 yanvardan boshlab barcha sudlarda sud majlislarini ish bo‘yicha taraflarning iltimosnomasi va raislik qiluvchining roziligi bilan audioyozuvdan foydalangan holda qayd etib boriladi hamda sud majlislari bayonnomalarini ushbu tizimdan foydalangan holda shakllantiriladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab esa sud qarorlarini ish bo‘yicha taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi bo‘yicha esa qog‘oz shaklida taqdim etish ishlari amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi