22:00 / 24.09.2020
2 551

Dronning noqonuniy “parvozi”ga chek qo‘yildi

Dronning noqonuniy “parvozi”ga chek qo‘yildi
Uchuvchisiz uchish qurilmalarini yashirincha olib o‘tishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Xususan, xorijiy aviareys bilan Samarqand xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqaro S.B. “yashil” yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu shaxs nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada uning yuklari orasida 1 dona “SKY QUEST DRONE” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to‘ldirilgan bo‘lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o‘tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo‘yicha jinoiy javobgarlik belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dronning noqonuniy “parvozi”ga chek qo‘yildi