Ertami-kech har bir odam koronavirusga duch keladi, dedi Virusli infeksiyalarni davolash va profilaktika qilish ilmiy-axborot markazi direktori Georgiy Vikulov. Ushbu uchrashuvning oqibati bir qancha omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Ular orasida immunitetning holati, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Uni mustahkamlash uchun esa bir qancha oddiy tavsiyalarga amal qilish kerak, xolos.
Oqsilli taomnoma. Oqsil immunitetga zarur. Shu bois oqsil iste’molini cheklovchi qandaydir parhezlar, och qolishlar yomon oqibatlarga olib keladi.
To‘laqonli uyqu. Kuniga kamida 6-8 soat uxlash nihoyatda muhim.
Alkogolni cheklash. Spirtli ichimlik immun tizimini yemiradi. Shunday ekan, maishatparastlikni yig‘ishtirib qo‘ying.
Sog‘lom kun tartibi. Tungi mehnat immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yaxshisi, kunduzi ishlashga harakat qiling.
Toza havoda yengil jismoniy faollik. Yuklamani haddan tashqari oshirib yubormaslik muhim. Odam holdan toyishi emas, zavq olishi kerak. Bunday yuklama foydadan xoli bo‘lmaydi va to‘qimalarga kislorod yetib borishini yaxshilaydi.
«Hech bo‘lmaganda ushbu tavsiyalarga amal qilsangiz, tabiiyki, immunitetingizga yordam bergan bo‘lasiz», — deya ta’kidladi Georgiy Vikulov.
Uning fikricha, immunitetni qo‘llab-quvvatlovchi vitaminlar, mikroelementlar va maxsus dori-darmonlarni shifokor-immunolog tavsiyasisiz qabul qilib bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi