18:50 / 27.09.2020
2 130

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi

Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi
Joriy yilning 14-25 – sentabr kunlari Xitoy huquq jamiyati tomonidan Xitoy huquqiy almashinuv markazi, Shanxay huquq jamiyati, Shanxay siyosiy-huquqiy universiteti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti uchun xalqaro huquqiy ta’lim va hamkorlik markazi bilan hamkorlikda «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasida Yevrosiyoda qonun ustuvorligi" mavzusida vebinar tashkillashtirildi.

Tadbirda Xitoy, Rossiya, Gruziya, Ozarbayjon, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 200 dan ortiq ishtirokchilar - yetakchi oliy o‘quv yurtlari rahbarlari va o‘qituvchilari, huquqshunoslar, SHHT mamlakatlari elchixonalari vakillari va professional yuridik jamoalar ishtirok etishdi.
Ikki hafta davomida Xitoyning fuqarolik, tijorat, investitsiya, korporativ, jinoiy va ma’muriy huquqlarini qo‘llash bo‘yicha bir qator ma’ruzalar tinglandi.

Vebinar doirasida «Xalqaro investitsiyalar va savdo-sotiqdagi huquqiy xatarlar va ularning yechimlari» mavzusida simpozium ham tashkillashtirildi. Bu tadbir «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi doirasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni huquqiy qo‘llab-quvvatlash" shiori ostida o‘tkazildi.

Ushbu simpoziumda Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori A’zam Madaminov «Bir makon – bir yo‘l» bo‘ylab joylashgan mamlakatlarning savdo-iqtisodiy qonunchiligini muvofiqlashtirish" mavzusida ma’ruza qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori xalqaro simpoziumda ma’ruza qildi