Qashqadaryoda viloyati, G‘uzor tumanidagi 43-sonli maktabning direktori pora bilan qo‘lga tushdi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning G‘uzor tumani bo‘limi tomonidan fuqaro A.M.ning murojaati yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda G‘uzor tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori O‘.I. shu maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotgan A.M.ga dars soati qo‘shib berish evaziga undan 200 AQSH dollari va 230 ming so‘m pullarni pora tariqasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.
Ayni paytda O‘.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin