08:13 / 29.09.2020
2 119

“Isuzu”dagi blenderlar manzilga yetib bormadi

“Isuzu”dagi blenderlar manzilga yetib bormadi
Bojxona xodimlari tomonidan muntazam o‘tkazilayotgan tezkor tadbirlar natijasida sifati kafolatlanmagan tovar-moddiy boyliklarni noqonuniy aylanmasiga o‘z vaqtida chek qo‘yilmoqda.

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtotransport vositasi to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, avtoulovda tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 120 million so‘mlik blenderlar borligi aniqlandi. Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Isuzu”dagi blenderlar manzilga yetib bormadi