12:40 / 01.10.2020
3 071

O‘zbekiston fuqarolari masofadan turib AQSHda ishlashga jalb qilinadi

O‘zbekiston fuqarolari masofadan turib AQSHda ishlashga jalb qilinadi
AQSHda O‘zbekiston fuqarolariga masofadan ishlash taklif qilindi, deb xabar bermoqda Tashqi migratsiya agentligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Buxoro viloyati hokimligida Prezidentning 2020 yil 15 sentabrdagi «Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimi o‘rinbosari B.Shahriyorov ishtirokida Rossiyaning Moskva va Krasnoyarsk shaharlaridagi yirik sanoat korxonalari ish beruvchilari bilan videokonferensaloqa shaklida uchrashuv tashkil etildi.

Viloyat bandlik bosh boshqarmasi, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi viloyat filiali, butunjahon o‘zbek tashkilotlarining xalqaro kongressi — World Congress of the Uzbek Associations, Krasnoyarsk shahridagi «Sodrujestvo uzbekistansev» ijtimoiy-huquqiy adaptatsiya qilish jamoat tashkiloti vakillari ishtirok etgan uchrashuvda Moskva va Krasnoyarsk shahridagi korxonalarda Buxoro viloyatidan ishga jalb qilinadigan mehnat migrantlariga kasb va til o‘rgatish, ularga sharoitlar yaratish, hujjatlarni ish beruvchi rasmiylashtirishi kabi masalalar muhokama qilingan.

Tadbir davomida 2020—2021 yillarda buxorolik mingga yaqin fuqarolarni Moskva va Krasnoyarsk shaharlarida ishga joylashtirish shartnomalari xususida kelishib olingan.

Bundan tashqari, AQSHning Pensilvaniya shtatidagi ETL GROUP kompaniyasi bosh direktori A.Moxov tomonidan O‘zbekiston fuqarolarini masofadan turib ishlashga jalb qilish taklifi ko‘rib chiqildi. Buning uchun fuqarolardan ingliz tili va kompyuter dasturlarini mukammal bilish talab etiladi. Fuqarolarni broker kasbi bo‘yicha ishga jalb etish nazarda tutilgan bo‘lib, kompyuter savodxonligi va xorijiy tillarni o‘rgatuvchi markazlar tashkil etish belgilandi.

Uchrashuvda ayni paytda Krasnoyarsk shahrida ishlayotgan o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan suhbat tashkil etilib, O‘zbekistonda qonuniy mehnat migratsiyasini yana-da takomillashtirish, mehnat migrantlari uchun yaratilayotgan sharoit va imtiyozlar haqida ma’lumot berilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston fuqarolari masofadan turib AQSHda ishlashga jalb qilinadi