13:20 / 01.10.2020
2 553

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?
Ne’mat Atamuratov
Foto: UzReport

Turar joylarni, ko‘chmas mulklarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyuldagi 623-sonli qaroriga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda qanday tartib va qonun-qoidalarga e’tibor beriladi kabi savollarga Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Ne’mat Atamuratov batafsil ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, tuman, shahar hokimliklari tomonidan ajratilgan yer ajratish to‘g‘risidagi qaror, qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish dalolatnomalari, mulk huquqni tasdiqlovchi tuman, shahar hokimining qarori, oldi-sotdi, hadya, ayriboshlash, meros va boshqa huquqni belgilovchi hujjatlar asosida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi. Ushbu kadastr hujjatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yer maydonining kvadrati va nima maqsadda foydalanishi bo‘yicha to‘lov asosida amalga oshiriladi. Bunda
  • ob’ektning 1 kvadrat metr maydoni uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 foizi, 25 foizga ko‘paytirilgan holda,
  • dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkalariga,
  • noturar ob’ektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasiga,
  • qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasiga,
  • yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk ob’ektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalariga tegishli tartibda to‘lovlar undiriladi.

Bundan tashqari, turar joylarni baholash tartibida ob’ekt buzilganda to‘lovlar shu baho asosida to‘lanadi. Bunda Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 30 dekabrdagi «Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk ob’ektlarining, turar joy fondining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 1043-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi qanday?