21:04 / 02.10.2020
2 141

Korxonaning mol-mulklari qarzdorlikka qaratilib, undiruv ishlari davom etmoqda

Korxonaning mol-mulklari qarzdorlikka qaratilib, undiruv ishlari davom etmoqda
Joriy yilning 30 sentabr kuni “Effect.uz” rasmiy sayti orqali “Chinozlik fermer MIBdan norozi!” nomli “Olma-archa nihollari” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Mansurov tomonidan Byuroning Sirdaryo tuman bo‘limi xodimlarining ijro ishi bo‘yicha undiruv ishlarini to‘liq amalga oshirmayotganligi haqida tanqidiy video-xabar joylashtirildi. Xaabar bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.

Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tumani bo‘limi ish yurituvida Sirdaryo viloyat iqtisodiy sudining 16.07.2018 yildagi qarzdor “Sirdaryo markaziy yo‘llardan muntazam foydalanish” UKdan undiruvchi “Olma-archa nihollari” fermer xo‘jaligi foydasiga 27 mln. 530 ming so‘m asosiy qarz, 275 ming 300 so‘m davlat boji hamda 16 mingso‘m pochta harajati undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud.

Bundan tashqari, bo‘lim ish yurituvida qarzdordan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar foydasiga 4 mlrd. 7 mln. 77 ming so‘mlik qarz undirish bilan bog‘liq 43 ta ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, barcha ijro hujjatlari “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 251-moddasiga asosan yig‘ma ijro ishiga birlashtirilgan.

Mazkur ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorning ATB “Agrobank” Sirdaryo viloyat filialidagi bank hisob raqamlariga band solingan.
Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochisi tomonidan soliq qarzini undirish bilan bog‘liq ijro hujjatlariga asosan qarzdor korxonaga tegishli 2 ta bino-inshootlari, “MAZ” rusumli 2 ta avtotransport vositalari, Katok rusumli maxsus texnika vositasi xatlanib, jami 4 mlrd. 354 mln. 442 ming so‘mga baholangan mol-mulklar elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan.

Qarzdorga tegishli bo‘lgan “MAZ” rusumli avtotransport vositasining sotuvidan tushgan 25 mln. 969 ming so‘m pul mablag‘i hisobidan Qonunning 80-moddasiga muvofiq undiruvlar navbatiga ko‘ra taqsimlangan 816 ming130 so‘m pul mablag‘i 18.12.2019 yilda undiruvchining hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.

Qarzdorning soliq qarzi va davlat foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq ijro hujjatlari ijrosi ta’minlanganligi sababli mazkur ijro hujjatlari asosida elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilgan mol-mulklar savdodan qaytarilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli bo‘lgan Guliston shahar, Madaniyat MFY, Toshkent ko‘chasi, 3-uyda joylashgan sport zali binosi 2 mlrd. 638 mln. 965 ming so‘mga qayta baholanib, elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilgan.

Qarzdorga tegishli elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilgan mol-mulk sotilmaganligi sababli savdodan qaytarilgan. Sotuvga chiqarilgan mol-mulk elektron-onlayn auksion savdoda sotilmaganligi sababli Qonunning 56-moddasiga asosan arzonlashtirilgan narxda undiruvchilarga, shu jumladan “Olma-archa nihollari” fermer xo‘jaligiga taklif qilingan.

Ijro harakatlari davomida, qarzdorga tegishli bo‘lgan “MAZ” (maxsus sisterna) 20 168 G‘AA davlat raqamli avtotransport vositasi xatlanib, 27.930.291 so‘mga, “Katok” rusumli 20 764 AA davlat raqamli maxsus texnika vositasi xatlanib, 32 mln. 439 ming so‘mga qayta baholangan va 15.06.2020 yilda elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilgan.

Qarzdorga tegishli elektron onlayn-auksion savdoga chiqarilgan mol-mulklar sotilmaganligi sababli savdodan qaytarilgan.
Sotuvga chiqarilgan mol-mulklar elektron auksion savdoda sotilmaganligi sababli arzonlashtirilgan narxda undiruvchilarga taklif qilingan.

Shuningdek, 19.09.2020 yilda qarzdor korxonaga tegishli “IsuzuNQR 718L” rusumli yuk avtotransport vositasi va 5 turdagi ofis jihozlari xatlangan va hozirda baholash va realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

Bundan tashqari, ijro harakatlari davomida qarzdordan 5 mln. 100 ming so‘m undirilib, 30.09.2020 yilda undiruvchi “Olma-archa nihollari” fermer xo‘jaligining hisob raqamiga o‘tkazib berilgan.
Ijro harakatlari davomida, qarzdor korxonaga tegishli “Cobalt” rusumli 20 745 KAA davlat raqamli avtotransport vositasi 02.10.2020 yilda xatlangan va dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Kelgusida undiruv qarzdorning hisob raqamlaridan hamda mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushadigan pul mablag‘lari hisobidan ta’minlanib, Qonunning 78,80-moddalariga muvofiq undiruvlar navbatiga ko‘ra taqsimlanadi.
Ijro harakatlari davom etmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korxonaning mol-mulklari qarzdorlikka qaratilib, undiruv ishlari davom etmoqda