
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida o‘tgan brifingda ayrim savollarga javob berildi.
- Koronavirusni oddiy shamollash yoki grippdan qanday farqlash mumkin?
- Koronavirus kasalligida ko‘p uchraydigan ayrim erta belgilar shamollash va gripp kasalligi belgilariga o‘xshaydi.
Bular: tana harorati ko‘tarilishi, umumiy holsizlik, ishtahaning yo‘qolishi, mushaklardagi og‘riq, ta’m va hid sezmaslik.
Biroq koronavirus o‘rta og‘irlik va og‘ir kechishida kasallikning 5-7 kuniga tana harorati 38-39 ºS dan oshadi, nafas yetishmovchiligi, hansirash paydo bo‘ladi, oddiy shamollash va grippda esa — aksincha 3-4 kundan keyin bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Bundan tashqari koronavirus kasalligini aniq tashxislash uchun epidemiologik anamnez, PZR tekshiruvi javobi musbat bo‘lishi, kislorod saturatsiyasi 94% dan kamayishi, KT sida xarakterli o‘zgarishlar kuzatilishini inobatga olishimiz kerak. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar