
Foto: «Zen.yandex.com»
SARS-CoV-2 koronavirusi odam terisida gripp virusiga qaraganda besh baravar uzoqroq faolligini saqlab qoladi, deb yozadi «Clinical Infectious Diseases» jurnali.
Kioto prefekturasi universiteti olimlari tomonidan yaratilgan model odam terisida patogenlarni xavfsiz klinik sinovdan o‘tkazish imkonini beradi. Tadqiqotchilar yuqori nafas yo‘llari shilliq qavati yoki madaniy muhit bilan aralashgan SARS-CoV-2 va A grippi virusi (IAV) barqarorligini taqqoslab ko‘rishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ikkala virus ham temir, shisha yoki plastikdan ko‘ra terida tezroq faolligini yo‘qotarkan. Odam terisida SARS-CoV-2 virusi o‘rtacha 9,04 soat, IAV virusi esa 1,82 soatgacha faolligini saqlab qoladi.
Tadqiqotchilar, shuningdek, dezinfeksiya odam terisidagi ikkala virus zarralarini ham bir xil bartaraf etishini isbotlashdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar