
Majburiy ijro byurosining Angren shahar bo‘limi ish yurituvida qarzdor “Nazarbekavtoyo‘l” UKdan, jami 5 ta 1,3 mlrd. so‘m soliq qarzdorligi, 250 nafar ishchi-xodimlar foydasiga 365 mln. so‘m ish haqi va yuridik shaxslar foydasiga jami 5,1 mlrd. so‘m qarz undirish haqidagi ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, davlat ijrochilari tomonidan xatlangan bino-inshootlar sotuvidan 1,2 mlrd. so‘m mablag‘ tushgan.
Shundan 850 mln. so‘mi Angren shahar DSI foydasiga soliq qarzi uchun, 265 mln. so‘m ishchi-xodimlar foydasiga ish haqi uchun va 15,4 mln. so‘m davlat foydasiga davlat boji uchun undirilgan.
Hozirda, qarzdor “Nazarbekavtoyo‘l” UKni boshqa mulklari ham xatlangan va elektron onlayn auksion savdolariga joylashtirish choralari ko‘rilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar