12:30 / 11.10.2020
2 189

Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in kuzatildi (video)

Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in kuzatildi (video)
Toshkentning Uchtepa tumani Farhod ko‘chasida joylashgan Uchtepa Outlet Centre savdo majmuasida 11 oktabr kuni tong soat 8:49 da yong‘in kelib chiqdi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi. O‘zbekiston FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar 8:50 da kelib tushgan.

Toshkent shahar FVB ma’lumotiga ko‘ra, o‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga chaqiruv bo‘lganidan besh daqiqa o‘tib, 8:54 da yetib borgan (FVV uch daqiqa yetib borilganini yozmoqda), olovni o‘chirishga 10 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb etilgan. Qayd etishlaricha, ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 9:54 da to‘liq bartaraf etilgan.

Toshkent shahar FVB ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in oqibatida majmuaning ichki va tom qismida 1500 kvadrat mer maydon yongan. «Yong‘in sabablari va yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», -- deyiladi boshqarma axborotida.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bor-yo‘qligiga aniqlik kiritilmagan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uchtepa tumanidagi savdo majmuasida yirik yong‘in kuzatildi (video)