2 829
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga uch xonali uy sovg‘a qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalist Bobomurod Abdullayevga Toshkent shahridagi turar joy majmualarining biridan barcha jihozlari va maishiy texnikalari bilan uch xonali kvartira hadya qildi. Bu haqda jurnalist 18 oktabr kuni Facebook’dagi sahifasida videoxabar qoldirgan.
Videoxabarga ilova qilingan matnda, jumladan, shunday deyiladi:
«Shu yil 8 sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev menga Toshkentdagi Green Park turar joy majmuasidan yangi uch xonali kvartirani ichidagi barcha jihoz va maishiy texnikasi bilan birga hadya qildilar.
Bu uyga 5 oktabr kuni ko‘chib o‘tdik. Bugun Xorazmdan onam keldilar va Prezident hadya qilgan yangi uyni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rdilar. Alhamdulillah! Prezident Shavkat Mirziyoyevga katta rahmat! Alloh u kishidan rozi bo‘lsin!».
Jurnalist Bobomurod Abdullayev O‘zbekiston so‘roviga muvofiq 8 sentabr kuni Qirg‘izistonda hibsga olingan edi. Keyinroq, jurnalistning onasi Prezident Shavkat Mirziyoyevga murojaat qilgani inobatga olinib, u 22 avgust kuni munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risidagi tilxat bilan ozod qilingani ma’lum bo‘ldi.
Jurnalistning onasi Prezidentga murojaatida o‘g‘lini afv etishni so‘rarkan, uning «eski uyda og‘ir, nochor ahvolda yashashi»ni aytgan. Bobomurod Abdullayevning aniqlik kiritishicha, onasi o‘z murojaatida bu gaplarni Prezidentdan uy so‘rab aytmagan; onaning o‘zi 18 oktabrda e’lon qilingan videomurojaatda Prezident uy hadya qilishini kutmaganini ta’kidlagan.
«Bolam menga 8 sentabr kuni shu xabarni aytganida, qotib qoldim, xursandchiligimdan tilim aylanmay qoldi. Prezidentimizga, yurtboshimizga mingdan-ming rahmat deyman, dunyo turguncha tursin! Yaratgan Egam hamma vaqt Prezidentimizni o‘z panohida asrasin!», -- degan jurnalist Bobomurod Abdullayevning onasi.
Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2017 yilda ham O‘zbekistonda konstitutsiyaviy tuzumini ag‘darib tashlash maqsadida fitna uyushtirish jinoyatida gumon qilinib, qamoqqa olingan edi, 2018 yil may oyida esa sud zalidan ozod etilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?