Foto: Getty Images / Stringer
Tibbiyot fanlari doktori, virusolog Anatoliy Altshteynning aytishicha, immunitet tanqisligi mavjud bo‘lgan insonlarga koronavirus vaksinasi ham ta’sir qilmasligi mumkin. Olim buni antitanachalar ishlab chiqishdagi muammolarga bog‘liqligi bilan izohladi.
Shuningdek, u odamlarni kasallikka qarshi immunitetini rivojlantirish qobiliyatiga ko‘ra aniq guruhlarga ajratish ham unchalik oson emasligini qo‘shimcha qildi.
«Odamlar antitana ishlab chiqarish qobiliyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi, lekin ularni aniq guruhlarga ajratish anchagina qiyin. Bu salomatlik holatiga emas, balki inson organizmining hech kim bilmaydigan o‘ziga xos jihatlariga bog‘liq» – deydi Altsheyn.
Virusolog, bundan tashqari, yoshi katta insonlarda, ruhiy zo‘riqishdagilarda, og‘riq qoldiruvchi dorilarni qabul qiladiganlar va doimiy ravishda spirtli ichimliklar iste’mol qiladigan odamlarda antitana ishlab chiqarish juda yomon kechishini ma’lum qildi.
Avvalroq Gamalei markazi direktori Aleksandr Ginsburg ham rossiyaliklarni vaksinatsiya davrida spirtli ichimliklardan tiyilib turishga chaqirgan edi. Chunki alkogol vaksinaning kuchiga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek, u ham qariyalarning immun tizimi vaksinaga faol reaksiya qilmasligini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. "Paxtakor" 7 ta gol urilgan o‘yinda "Metallurg"ni mag‘lub etdi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar