11:51 / 23.10.2020
2 944

«Salla desa, kallani olib kelishadi» – MB raisi go‘sht narxini sun’iy tushirishga urinayotganlar haqida

«Salla desa, kallani olib kelishadi» – MB raisi go‘sht narxini sun’iy tushirishga urinayotganlar haqida
Bugun, 22 oktabr kuni Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov ishtirokida «Pul-kredit siyosatining 2021 yil va 2022-2023 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishi» hamda asosiy stavka bo‘yicha Boshqaruv yig‘ilishi qarori yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda OAV vakili Markaziy bank raisidan go‘sht va boshqa oziq-ovqat masulotlarini tartibga solinishga urinishlar haqida so‘radi. «Bunday harakat oldinlari qisqa muddatli samara va kelgusida narxlarning yanada keskin oshishiga olib kelganini yaxshi bilamiz. Bu haqda nima deya olasiz», deb savol berdi jurnalist.

«Sallasini olib kel desa, kallasini qo‘shib olib keladi, degan maqol bor. Bu mahalliy hukumat organlarining xatti-harakati. Biz bunday choralarga qarshimiz. Avvalo, prezident bizdan ma’muriy boshqarish evaziga emas, balki talab va taklif hisobiga narxlarni barqarorlashtirishni talab qilmoqda», – deya ushbu savolga javob qaytardi Mamarizo Nurmurotov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Salla desa, kallani olib kelishadi» – MB raisi go‘sht narxini sun’iy tushirishga urinayotganlar haqida