15:25 / 25.10.2020
2 257

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 65 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 65 mingdan oshdi
2020 yil 24 oktabr soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 65 102 (+90) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 17 nafari Toshkent shahrida, 55 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
Andijon viloyatida 13 nafar,
Buxoro viloyatida 3 nafar,
Jizzax viloyatida 13 nafar,
Qashqadaryo viloyatida 10 nafar,
Namangan viloyatida 29 nafar,
Samarqand viloyatida 11 nafar,
Sirdaryo viloyatida 13 nafar,
Surxondaryo viloyatida 24 nafar,
Farg‘ona viloyatida 22 nafar,
Xorazm viloyatida 7 nafar,
Toshkent viloyatida 69 nafar,
Toshkent shahrida 86 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 62 342 (+309) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 2 215 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar 65 mingdan oshdi