“Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari” AJga qarashli Kitob tuman elektr ta’minoti korxonasi mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste’mol qilgani aniqlandi.
Gap shundaki, “Bistimplex” MCHJ hamda Kitob tumani elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida 2019 yil 1 avgust kuni energiya ta’minoti bo‘yicha shartnoma tuzilgan.
Unda texnik shtat olingan quvvatni kamaytirib 1 kVt soat elektr energiyasi uchun 450 so‘m ko‘rsatilgan. “Bistimplex” MCHJga tegishli 3 dona transformatordan faqatgina 1 donasi shartnomaga kiritilib, 2 tasi shartnoma va “Elektrhisob” dasturiga kiritilmagan.
Bu bilan Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari” talabiga zid harakatlar amalga oshirilgan.
Kitob tuman ETK xodimlari “Bistimplex” MCHJ mansabdor shaxslari bilan jinoiy til biriktirib, texnik shart talablariga rioya qilmasdan, xizmat farmoyishisiz 3 dona transformatorni elektr tarmog‘iga ulab bergan, natijada, davlat manfaatlariga 6 mlrd. 948,4 mln. so‘m zarar yetkazilgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Kitob tuman ETK mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan va “Bistimplex” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 1852-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
O‘zbekistonda 30 aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!