Foto: saviya.uz
O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon 2020 yilning 28 oktabridan 29 oktabriga o‘tar kechasi 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yozuvchilar uyushmasi axborot xizmati xabar berdi.
U 1943 yili Xorazm viloyatining Gurlan tumanida tavallud topgan. Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. 1969–2002 yillar mobaynida G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bo‘lim boshlig‘i, “Yoshlik” jurnalida bosh muharrir, “Cho‘lpon” nashriyotida direktor bo‘lib ishlagan.
Omon Matjon yigirmaga yaqin she’riy to‘plami, “To‘rabekaxonim” nasriy qissasi va “Najmiddin Kubro”, “Ardaxiva” badialari chop qilingan.
Shuningdek, u qardosh va chet el adabiyotining ko‘plab namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Omon Matjon adabiyotimiz rivoji yo‘lidagi xizmatlari uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan, «O‘zbekiston xalq shoiri» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va “Ijod” jamoat fondi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi