Foto: Depositphotos
AQSH o‘zining Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi bilan O‘zbekistonda “Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturini amalga oshirish yuzasidan anglashuv memorandumini imzoladi.
AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, memorandum USAID’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Rebekka Blek va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Qoriyev tomonidan imzolandi.
“Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining nazorat va boshqaruv salohiyatini mustahkamlash, shaffoflik va hisobdorlikni oshirish, dori vositalari sifatini ta’minlash tizimini boshqarish, bemorlar xavfsizligini ta’minlash hamda mikroblarga qarshi dori vositalariga turg‘unlik shakllanishi bilan kurashishda texnik ko‘mak ko‘rsatadi.
Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining xalqaro andozalarga mos ravishda faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida yuqoridagi dastur doirasida tegishli ishlab chiqarish tajribasi bo‘yicha inspeksiya tashkil etiladi.
USAID 2014 yildan beri silga qarshi dori vositalari xavfsizligini oshirish maqsadida O‘zbekistondagi xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. O‘zbekiston silga qarshi dori vositalarini ichki bozordan xarid qilish amaliyotiga o‘tar ekan, mahalliy ishlab chiqarilayotgan silga qarshi dori vositalari xalqaro sifat standartlariga mos bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi.
“Sifatli dori-darmonlar qo‘llashni rag‘batlantirish plyus” dasturi besh yil muddatga tuzilgan hamkorlik bitimi hisoblanib, uning maqsadi past va o‘rta daromadli mamlakatlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini ta’minlash tizimini barqaror ravishda kuchaytirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi