date
views 1 676

Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM tashkil qilinadi

Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM tashkil qilinadi
Foto: Fotolia / WavebreakmediaMicro
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, oliy ta’lim sohasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 sentabrga qadar har bir hududda nodavlat, jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kamida bittadan oliy ta’lim muassasasi tashkil qiladi.

Farmonga muvofiq, milliy reytingda so‘nggi 3 yil davomida doimiy ravishda birinchi 3ta o‘rindan birini egallagan OTMlarga oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash bo‘yicha akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi.

Shuningdek, milliy reytingida birinchi 10 ta o‘rindan birini egallagan OTMga mavjud ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy unvonlarni mustaqil berish vakolati beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Har bir hududda kamida bittadan nodavlat OTM tashkil qilinadi