Melatonin (uyqu va bedorlik siklini tartibga soluvchi gormon)ni qabul qilish COVID-19ni davolashda ijobiy samara berishi mumkin. Bu haqda amerikalik olimlar o‘tkazgan tadqiqotga tayanib «Medical Xpress» xabar berdi.
Mutaxassislarning xulosasi Klivlend klinikasi bemorlaridan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Gormon qabul qilish yoshi, irqi, zararli odatlari va turli hamroh kasalliklarini hisobga olmaganda tuzalishga bo‘lgan imkoniyatni 30 foizga oshirishi aniqlandi. Qayd etish joizki, afroamerikaliklar orasida bu ko‘rsatkich 30 foizdan 52 foizga ko‘paygan.
«Shuni ta’kidlash muhimki, bu natijalar bemorlarning davolovchi shifokori bilan maslahatlashmasdan melatonin qabul qilishni boshlashi kerakligini anglatmaydi», — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Feyseng Cheng.
Olimning ta’kidlashicha, melatonin foydasini ilmiy jihatdan tasdiqlash uchun keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi