23:43 / 11.11.2020
1 452

«Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi

«Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi
Toshkent shahar iqtisodiy sudining joriy yil 7 sentabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor “Talimarjon issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyati hisobidan “Techno Trading System” korxonasi foydasiga 468 mln. 334 ming 224 so‘m asosiy qarz va 4 mln. 683 ming so‘m davlat boji undirish belgilangan.

Ijro hujjati yuzasidan qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik bartaraf etilmagach, majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, jamiyatning balansida bo‘lgan MITSUBISHI NATIVA hamda NEXIA rusumli avtomashinalari xatlab olindi.
Shundan so‘ng qarzdorlik tezda bartaraf etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Mitsubishi» xatlangach, korxona foydasiga 450 mln. so‘mdan ziyod qarzdorlik to‘lab berildi