date

Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqarildi

Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqarildi

Mashhur aktyor Jeki Channing 32 yoshli o‘g‘li Jeysi Chan ozodlikka chiqdi. Bu haqda Reyter xabar bermoqda.

Unga 2014 yilning 9 yanvarida, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangani uchun 6 oylik qamoq jazosi belgilangandi. Lekin, Jeysi 2014 yilning sentyabr oyida qo‘lga olingan va o‘shandan beri hibsda saqlab kelinayotgan edi. Unga belgilangan jazo muddatiga unga hukm chiqarilishigacha o‘tgan vaqt ham qo‘shib hisoblangan.

Ma’lumot uchun, u o‘tgan yilning sentyabrida o‘z uyida 100 gramm miqdoridagi marixuanna moddasini saqlagani uchun polisiya xodimlari tomonidan ushlangan va o‘shanda unga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Jazo muhlatini o‘tab bo‘lgan Jeysi Chan endi 322 dollar miqdoridagi jarimani to‘lshi kifoya qiladi.

Manba: www.kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jeki Channing o‘g‘li ozodlikka chiqarildi