21:45 / 12.11.2020
2 008

1 kilogrammdan ziyod “marixuana” savdosiga chek qo‘yildi

1 kilogrammdan ziyod “marixuana” savdosiga chek qo‘yildi
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda. Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazishdi.

Tezkor tadbir davomida, fuqaro A.K. 1105,27 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini 35 million so‘mga sotishga kelishib, shundan 15 million so‘m pul mablag‘ini sanab olayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1 kilogrammdan ziyod “marixuana” savdosiga chek qo‘yildi