
Majburiy ijro byurosi Oltiariq tuman bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Rishton tumanlararo sudining 28.10.2019 yildagi 2-1505-1901/8076-sonli ijro hujjatiga asosan javobgar O.Musunovdan da’vogar D.Musunova foydasiga umumiy mulk hisoblangan Oltiariq tumani A.Navoiy ko‘chasi 11/2-xonadondagi ulushi hisobidan 20 mln 899 ming so‘m undirish belgilangan.
Sudning hal qiluv qarori 18.11.2019 yilda kuch kirgach Byuroning tuman bo‘limiga yuborilgan hamda davlat ijrochisi tomonidan javobgar O.Musunovga sud qarori ijrosini ta’minlash haqida qaror yuborilgan.
Pandemiya munosabati bilan bir muddat ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilgan bo‘lsada, karantin talablari yumshatilgach ijro hujjati bo‘yicha qarzdor O.Musunovga sud qarori ijrosini ta’minlash talabi qo‘yilganida turli vaj-karsonlar bilan belgilangan summani to‘lashdan bo‘yin tovlagan.
Majburiy ijro harakatlari davomida O.Musunovning yashash manzilida o‘tkazilgan ko‘zdan kechirish davomida ehtiyojidan ortiqcha mulklari mavjudligi aniqlanib xatlangan hamda ushbu jarayonga mahalla faollari aralashib qarzdor tarafni o‘rtaga olishgan. Sud qarori talabi majburiyligi va uni bajarishdan qochish befoyda ekanligini tushungach O.Musunov 20 mln. 899 ming so‘m ulush qismi hamda D.Musunovaning 419,5 ming so‘m sud harajatlarini keltirib berdi.
Bo‘limda undiruvchi D.Musunova 21 mln. 318,5 ming so‘m pul mablag‘larini to‘liq sanab qabul qilib olib bu haqda tilxat taqdim qildi, o‘z navbatida ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlanganligi sababli tamomlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar