19:30 / 14.11.2020
3 578

O‘zbekistonda 2018 yilda 9 ta, 2019 yilda 11 ta «qiz o‘g‘irlash» holati yuz bergan

O‘zbekistonda 2018 yilda 9 ta, 2019 yilda 11 ta «qiz o‘g‘irlash» holati yuz bergan
O‘zbekiston da haqiqatan ham «qiz o‘g‘irlash» yoki shunga o‘xshash «bo‘lar-bo‘lmas, eskilik sarqiti bo‘lgan odatlar» hali ham bor. Bu haqda O‘zbekiston Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi tomonidan 12 noyabr kuni o‘tkazilgan matbuot anjumanida Senat raisi Tanzila Norboyeva aytib o‘tdi.

Oktabrda Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 30 yoshli erkak 24 yoshli qizni unga uylanish maqsadida o‘g‘irlab ketgani ma’lum bo‘lgan edi. IIV Tergov departamenti ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 136-moddasi (ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga to‘sqinlik qilish) bilan ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgan.

«Qoraqalpog‘istonda qiz majburlab o‘g‘irlab ketilgani haqidagi xabarni o‘qiganimdan keyin statistikani o‘rgandim. Ma’lumotlarga ko‘ra, uylanish maqsadida 2018 yilda 9 ta, 2019 yilda 11 ta, 2020 yilning noyabr oyi holatiga ko‘ra 3 ta qiz o‘g‘iralab ketilgan», — degan Norboyeva xonim, bu kabi holatlar, asosan, Qoraqalpog‘iston va Qashqadaryoda kuzatilganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 2018 yilda 9 ta, 2019 yilda 11 ta «qiz o‘g‘irlash» holati yuz bergan