Agar talabaning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, o‘z xohishi bilan o‘qishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin. Bu haqda AOKA press-xolida o‘tgan matbuot anjmumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qilgan.
«Oliy ta’lim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi bo‘yicha to‘liq grafigini tayyorladi. 16 noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi bo‘yicha ketma-ketlikda an’anaviy ta’limga jalb qilish OTMning o‘zining vakolatida.
Talabalarning imkoniyatlari va OTMning imkoniyatlari birinchi navbatda hisobga olinishi kerak. Har qanday sharoitda ham bugungi kunda talabaning yoki OTM xodimining sog‘lig‘ini o‘ylagan holda amalga oshirishimiz kerak. Har bir oliy ta’lim muassasasi mana shu talabga rioya qilgan holda jarayonni boshlayapti.
Agar talabalarning imkoniyatlari mavjud bo‘lmasa, o‘z xohishi bilan masofaviy ta’limda davom ettirish imkoniyati bor».
Eslatib o‘tamiz, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 16 noyabrdan ana’naviy ta’limga qaytilishi bo‘yicha xabar bergandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"