Foto: FVV
Hodisa bugun, 16 noyabr kuni soat 10:45 da Jizzax shahrida sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, «Sharof Rashidov» ko‘chasi bo‘ylab harakatlangan yuk mashinasida to‘satdan yong‘in kelib chiqqan. Aniqlanishicha, yong‘in dvigatel bo‘linmasidan boshlangan. Yuk mashinasi haydovchisi yonayotgan mashinadan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
2 daqiqadan so‘ng voqea joyiga FVVning viloyat boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhlari yetib kelib, 10 daqiqa ichida yong‘inni to‘liq bartaraf etishgan. Ushbu hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar