date
views 2 592

Samarqandda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus asfaltning sirpanchiqligi oqibatida ag‘darilib ketdi

Samarqandda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus asfaltning sirpanchiqligi oqibatida ag‘darilib ketdi
Foto: Samarqand viloyati prokuraturasi
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 18 noyabr kuni ichida 20 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan Golden Dragon rusumli avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soat taxminan 22:30 larda jamiyatga tegishli avtobus 20 nafar yo‘lovchi bilan Oqdaryo tumani hududidan o‘tuvchi Samarqand—Buxoro M-37 avtomobil yo‘lining 13 kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, ag‘darilib ketgan. Yo‘l-transport hodisasi yo‘lning asfalt qismi sirpanchiq bo‘lganligi natijasida kelib chiqqan. Ma’lum qilinishicha, avtobus yo‘lning o‘ng tomon chekka qismidagi pastlikka ag‘darilgan.

Avariya oqibatida avtobusda yo‘lovchi sifatida kelayotgan ikki nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari olib Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Foto: IIV
Hodisa sodir bo‘lgan joyga tezkor-tergov guruhi a’zolari chiqqan va hozirda mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda ichida 20 nafar yo‘lovchi bo‘lgan avtobus asfaltning sirpanchiqligi oqibatida ag‘darilib ketdi