8 076
«Alisher Usmonov degan hooov milliarder…» – Shuhrat Abdurahmonovning uchinchi audiosi tarqaldi
Internetda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi deyilayotgan yana bir audio tarqaldi.
«Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon... Hey iflos, nima deb sasiyapsan Andijonimizni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, boshqa viloyatlarga bor. Nimadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda.
Alisher Usmonov degan hooov milliarder Namanganda tug‘ilgan ekan. 50 million dollar pul beripti. Namanganda mana shunaqa qilib tumanlarni obod qilishga. Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? Endi borib Namanganda 50 million dollarga u nima qilyapti-yu, bir so‘m puli yo‘q Andijon nima qilyapti, solishtirib kel. Butun respublika kelib Namanganga, hammasi kelishib tayyor pulni yeya olmayapti», — degan Andijon viloyati hokimi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimining dastlab tarqalgan audiosi yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatda ovoz Sh. Abdurahmonovga tegishli ekani tan olinib, u «ikki yil muqaddam yozib olinganligi» ta’kidlangan edi.
O‘sha audioda «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» aytib maqtangan hokimning ko‘p o‘tmay ikkinchi audiosi tarqaldi. Unda tadbirkorlarni haqoratlar bilan obdon «siylab», ulardan birini «Andijon shahrining shakali»ga o‘xshatadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qushlar uchun aqlli qafas taqdim etildi: o‘zi ovqatlantirib, o‘zi tozalaydi
Putin uchinchi jahon urushi haqidagi savolga qanday javob berdi?
Vengriya bosh vaziri: Yevropa Ukrainadagi mojaroda yutqazdi
Putin MDH yetakchilari bilan uchrashuvda qanday fikrlar bildirdi?
Davlat xizmatlari sohasidagi so‘nggi yangiliklar va yengilliklar ma’lum qilindi
Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi
Grenlandiya Donald Trampga orol sotilmasligini eslatib qo‘ydi
Ekspert: Rossiyaga qarshi sanksiyalardan O‘zbekiston va Qirg‘iziston ko‘proq foyda ko‘rdi