8 035
«Alisher Usmonov degan hooov milliarder…» – Shuhrat Abdurahmonovning uchinchi audiosi tarqaldi
Internetda Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning ovozi deyilayotgan yana bir audio tarqaldi.
«Bitta-ikkita sassiq, hammang har yoqdan kelgansan… Ayt senlar ham. Sharmandamisan, vijdoning bormi, oriyating bormi? Menga emas Andijon... Hey iflos, nima deb sasiyapsan Andijonimizni? Xohlasang, besh-oltitang avtobusga o‘tirgin-da, bor, o‘tib kel Farg‘onaga, Namanganga, boshqa viloyatlarga bor. Nimadan qolib ketayotgan ekanman men Andijonda.
Alisher Usmonov degan hooov milliarder Namanganda tug‘ilgan ekan. 50 million dollar pul beripti. Namanganda mana shunaqa qilib tumanlarni obod qilishga. Andijonlik qaysi iflos menga bir so‘m pulini berib qo‘yyapti? Endi borib Namanganda 50 million dollarga u nima qilyapti-yu, bir so‘m puli yo‘q Andijon nima qilyapti, solishtirib kel. Butun respublika kelib Namanganga, hammasi kelishib tayyor pulni yeya olmayapti», — degan Andijon viloyati hokimi.
Eslatib o‘tamiz, Andijon viloyati hokimining dastlab tarqalgan audiosi yuzasidan bildirilgan rasmiy munosabatda ovoz Sh. Abdurahmonovga tegishli ekani tan olinib, u «ikki yil muqaddam yozib olinganligi» ta’kidlangan edi.
O‘sha audioda «shallaqi» ayollarni 15 sutkaga «tiqib qo‘ygani» aytib maqtangan hokimning ko‘p o‘tmay ikkinchi audiosi tarqaldi. Unda tadbirkorlarni haqoratlar bilan obdon «siylab», ulardan birini «Andijon shahrining shakali»ga o‘xshatadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?