Avvalo shuni qayd etish kerakki, Konstitutsiyamizning 37-moddasida har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekani mustahkamlab qo‘yilgan.
Fuqarolarimizning ushbu konstitutsiyaviy huquqlari amaldagi mehnat qonunchiligida ham o‘z ifodasini topgan bo‘lib, qonunga ko‘ra hech kim asossiz ravishda ishdan bo‘shatilishi mumkin emas. Ammo bunga qaramay hayotda mehnat nizolari uchrab turadi.
Shu o‘rinda, majburiy progul – bu muayyan xodim ish beruvchining aybi bilan ishlash imkoniyatidan mahrum bo‘lgan vaqt bo‘lib, ish beruvchining aybi bilan xodim qonunga xilof ishdan bo‘shatilganligi sababli yuzaga kelishi mumkin.
Majburiy ijro byurosi Qorovulbozor tumani bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining 19.10.2020 yildagi Qorovulbozor sanoat va transport kasb-hunar kollejiga nisbatan undiruvchi D.Hamroyevani ishga tiklash, majburiy progul uchun 8,3 mln. so‘m ish haqi undirish to‘g‘risida ijro varaqa kelib tushgan.
Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi D.Hamroyeva o‘qituvchi vazifasiga tiklandi va majburiy progul kunlari uchun 8,3 mln. so‘m ish haqining undirib berilishi ta’minlandi.
Xulosa qilib aytganda, har bir ish beruvchi mehnat qonunchiligini puxta bilishi va unga qat’iy amal qilishi xodimlar huquqlarini ishonchli himoya qilish bilan birga nizolarning oldini olishning muhim omili. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Fransiyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekord qayd etildi

O‘zbekiston fuqarolarini Koreyaga ishga yuborish bo‘yicha yangi tizim taqdimoti o‘tkazildi

Farg‘onada neftni qayta ishlovchi yashirin zavod aniqlandi

Andijonda ichki ishlar xodimi urib o‘ldirildi

Tarixning zarhal sahifasi: O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov o‘z ustozi bilan

Mehnat vazirligi hamkorligida "Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi" o‘tkaziladi