Majburiy ijro byurosi Andijon shahar bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining 09.12.2015 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.Raxmatullayevdan undiruvchi D.Shoxobaliyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ko‘rsatilgan.
Bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor M.Raxmatullayev aliment to‘lovlarini to‘lashi yuzasidan ogohlantirib kelingan bo‘lsa-da, biroq ota o‘z farzandining moddiy ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan. Shu sabab, qarzdorlik yig‘ilib, 01.11.2020 yil holatiga jami 79 mln 506 ming so‘mni tashkil etgan.
Mas’ul davlat ijrochisi tomonidan ijro hujjatining ijrosini ta’minlash maqsadida qarzdor bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, qonunchilikda belgilangan javobgarlik yuzasidan tushuntirish beriladi.
Bundan xulosa chiqarib, kech bo‘lsa-da, bo‘ynidagi otalik mas’uliyatini tushunib yetgan qarzdor M.Raxmatullayev alimentdan bo‘lgan barcha qarzini to‘laydi. Joriy yilning 20 noyabr kuni 79 mln 506 ming so‘m aliment pullari undiruvchi D.Shoxobaliyevaga topshirilishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...