11:04 / 25.11.2020
3 234

Qashqadaryoda 2ta maktab rahbarlari firibgarlik ustida qo‘lga tushdi

Qashqadaryoda 2ta maktab rahbarlari firibgarlik ustida qo‘lga tushdi
Foto: rbk.ru
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Qarshi shahar bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Koson tumanidagi 100-sonli maktab direktori o‘rinbosari N.O., fuqaro X.ning ishonchiga kirib, mansabdor tanishlari orqali shu maktabga psixolog vazifasiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 1 200 AQSH dollari so‘rab, shundan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Xuddi shunday, Shahrisabz tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida bo‘lgan yaroqsiz qozonxona binosini balansdan chiqarib, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro A.ga 6 000 AQSH dollariga sotishni rejalashtirib, yer uchun hujjatlarni tayyorlab berish evaziga kelishilgan pulning 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

“Toshkent-Andijon” yo‘nalishidagi poyezd vagon kuzatuvchisi firibgarlik ustida ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan transport prokuraturasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Toshkent-Andijon” yo‘nalishi vagon kuzatuvchisi F.X. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali o‘zi ishlab kelayotgan jamiyatga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 500 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan F.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda 2ta maktab rahbarlari firibgarlik ustida qo‘lga tushdi