961
Rossiyalik immunolog niqoblar koronavirus yuqish xavfini 1,5 foizgacha kamaytirishini ma’lum qildi

Foto: DW
Koronavirusga chalingan inson va u bilan muloqotda bo‘lgan sog‘lom odamning ikkisida ham himoya niqobi bo‘lsa, virusning yuqish xavfi 1,5 foizgacha kamayadi. Bu haqda rossiyalik immunolog, akademik Aleksey Tutelyanga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.
«Koronavirusga chalingan inson niqob taqsa, ijtimoiy masofalanishga rioya qilgan holda uning yonida turgan odamga kasallik yuqishi 5 foizni tashkil etadi, agarda ikkalasi ham niqobda bo‘lsa — 1,5 foiz».
Shu bilan birga, akademikning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lom va COVID-19’ga chalingan odamning ikkisi ham niqob taqmagan bo‘lsa, virusning yuqish xavfi 7 foizgacha ortadi.
«Aynan shu sababli hukumatimiz, ‘Rospotrebnadzor’ tinmasdan niqob taqish zarurligi haqida gapirmoqda», — deya ta’kidlaydi Tutelyan.
Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti iyun oyida jamoat transporti va do‘konlarda niqob taqishni tavsiya qilgandi. Tashkilot bungacha niqobni faqat kasallanganlarga tavsiya qilib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Koronavirusni ko‘proq kimlar yuqtirishi va asosiy yuqish yo‘li aniqlandi

Grippga chalingan bemor koronavirus ham yuqtirib olsa, kasallik og‘ir kechishi mumkin

Nurmat Otabekov koronavirusga chalingan. U o‘z holati haqida xabar berdi

Nurmat Otabekov: «Blokator taqish niqob va antiseptikning o‘rnini bosa olmaydi»

Niqob taqish o‘pka qurishiga sabab bo‘lmaydi – Aziza Xo‘jayeva

Olmazor tumani hokimligi koronavirusga chalingan tibbiyot xodimi vafot etgani haqida xabar berdi