4 992
Kirakash muxbirni kaltaklab, “o‘ldi” degan gumonda Toshkent yaqinidagi dala chetidagi ariqqa tashlab ketgan
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi” jurnali muxbiri Baxtiyor Esonov 21 noyabr kuni noma’lum shaxslar tomonidan kaltaklanib, dala chetidagi ariqqa tashlab ketildi.
Esonovning yaqinlari hozirda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi klinikasida muolaja olayotgan jurnalistning ahvoli qoniqarli ekanini aytgan.
Toshkent viloyati Zangiota tumani IIB tergov bo‘limi jurnalistga hujum qilgan ikki nafar shaxs qo‘lga olinganligini, ularning yonidan jurnalist Baxtiyor Esonovning 1,1 million so‘m puli, Redmi rusumli uyali aloqa telefoni hamda xizmat guvohnomasi topilganligini ma’lum qilgan.
Dastlabki surishtiruvlarga ko‘ra, 21 noyabr kuni ishdan qaytayotgan muxbir xususiy kirakashlar mashinasiga o‘tirgan. Haydovchi Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek qo‘rg‘oniga yetmasdan rulni yaydoq dala chetiga burib, jurnalistdan pul va boshqa ashyolarini chiqarishini talab qilgan. So‘ngra uni ikki noma’lum shaxs uni urib, “o‘ldi” degan gumon bilan dala chetidagi ariqqa tashlab ketishgan.
Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, kaltaklanish oqibatida jurnalistning tishlari singan, tanasida og‘ir gematoma asoratlari bor, bosh qismida esa jiddiy jarohatlar mavjud.
Shuningdek, uning tana qismida ko‘plab shilinmalar, ichki qon ketishi va tana a’zolarining sinishi bilan bog‘liq jarohatlar bor.
Ayni paytda B. Esonovning o‘zi kaltaklanishiga kasbiy faoliyati sabab bo‘lgani ehtimoldan yiroq ekanini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘p?
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Tramp Ukrainadagi mojaroga barham berish uchun “maxfiy” reja ishlab chiqdi
Ukrainada OIV va saraton kasalligiga chalingan bemorlar armiyaga chaqiriladi
Ayollar erkaklarga qaraganda uzoqroq yashashadi, lekin...
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
3 ming nafar o‘zbekistonlik Koreyaga avtomobilsozlik yo‘nalishida ishga yuborilishi mumkin
2025 yilgi Green Card natijalari e’lon qilindi