07:00 / 01.12.2020
5 236

Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi

Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi
Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va Xitoydan kelgan xalqaro iqlimshunoslar guruhining tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi 20 yil ichida Markaziy Osiyoda issiqlik anomaliyalari ko‘lami keskinlashdi. Tadqiqot Science jurnalida chop etilgan.

Global isish tufayli, AQSHning janubi-g‘arbiy qismidagi hudud singari, qurg‘oqchil Mo‘g‘ul platosi hosilsiz cho‘lga aylanmoqda.
Maqolada yozilishicha, inson faoliyati iqlimni o‘zgartirmoqda, bu Osiyoni markaziy mintaqasining ekologik tizimiga ta’sir qilmoqda. Bu dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Olimlar 260 yil davomida ignabargli daraxtlarni tahlil qildilar. Buning natijasida issiqlik to‘lqinlarini kuzatishga, tuproq namligi haqida ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lishdi. Shunday ko‘ra, so‘nggi yillarda jaziramaning davri keng ko‘lamda o‘sib borayotganini ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqot hammualliflaridan biri Dalian Chenning Eurekalert’ga aytishicha, issiqlik to‘lqinlari tuproqda suvning katta yo‘qotilishiga olib keladi. Tuproq nam bo‘lganda, undan chiqadigan gazlar havoni sovitadi, namlik bo‘lmaganida esa, issiqlik havoga o‘tadi.

Olimlarning fikriga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi iqlimiy vaziyat ortga qaytmas nuqtaga yaqinlashmoqda va ekotizimda halokatli o‘zgarishlar yuz bermoqda, bu esa ba’zi hayvon turlarining yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. Ushbu iqlim o‘zgarishi butun dunyo bo‘ylab iqlim bilan bog‘liq boshqa atmosfera jarayonlariga ta’sir qilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo: olimlar dahshatli iqlim falokati haqida ogohlantirishdi