07:34 / 04.12.2020
2 863

Toshkentda bir oy ichida sovuq qurol bilan yurgan 500 dan ortiq kishi aniqlandi

Toshkentda bir oy ichida sovuq qurol bilan yurgan 500 dan ortiq kishi aniqlandi
Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati
Toshkent shahar IIBB jamoat joylarida fuqarolarda pichoq va boshqa xavfli buyumlar borligini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlar natijasi haqida ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, 5 noyabrdan 2 dekabrgacha bo‘lgan davr ichida Toshkent shahar IIBB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 185-2 (sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish) va 185-3 (O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi) moddalari bo‘yicha 541 ta bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Sud 50 nafar huquqbuzarga nisbatan ma’muriy qamoq jazosini belgilagan, qolgan shaxslar sud organlari tomonidan aybdor deb topilib, jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 5 noyabr kuni «Jamoat xavfsizligini ta’minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzolagandi. Qonunga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 185-2 va 185-3-moddalar kiritildi. Mazkur moddalar bilan sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib yurish va ularning O‘zbekiston hududidagi savdosi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining qurol yoki sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan ashyolardan foydalangan holda qasddan badanga shikast yetkazganlik uchun jazo choralarini belgilash to‘g‘risidagi 104 va 105-moddalarga o‘zgartirish kiritilgan.

O‘zbekistonda 2020 yilning dastlabki sakkiz oyida o‘tkir tig‘li predmetlardan foydalangan holda 542 ta jinoyat sodir etilgan, shundan 168 tasi qotillik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda bir oy ichida sovuq qurol bilan yurgan 500 dan ortiq kishi aniqlandi