
Foto: Telegram / «Vostok i vokrug»
Madaniyat vazirligi Madaniy meros departamenti 10 dekabr, payshanba kuni Xiva shahridagi Toshhovli saroyida devor buzilishi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, Toshhovli saroyining sharqiy tomonidagi devor qismi buzilishiga sabab — buyurtmachi tashkilot Ichanqal’a davlat muzey-qo‘riqxonasi bo‘lib, «Surgut neft stroy» pudratchi xususiy korxonasi tomonidan 8 dekabr kuni devorning tepa qismi buzilgan.
Madaniyat vazirligining ma’lum qilishicha, Ichanqal’a davlat muzey-qo‘riqxonasida har qanday ta’mirlash-tiklash ishlari departament qoshidagi Ilmiy-ekspert kengashi xulosasi asosida bajarilishi va YUNЕSKO tashkiloti bilan kelishish zarurligi aniq belgilangan.
Ammo loyiha Ilmiy-ekspert kengashiga kiritilmagan va saroyda loyihasiz ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilganligi aniqlangan. Hozirda departament ushbu saroyda ta’mirlash-tiklash ishlarini to‘xtatgan va huquq targ‘ibot idoralariga hujjat tayyorlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dekabrida Madaniyat vazirligi Toshhovli madaniy yodgorlikka o‘rnatilgan alyumin romni oldirib tashlagan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar