13:12 / 19.12.2020
3 312

Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi

Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi
Taniqli jurnalist, Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda «Gazeta.uz»ning Turkiyada bo‘lib turgan muxbiri Sanjar Rustamov xabar qilgan.

Qayd etilishicha, 10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi yarim oqshomda zirhli avtomobillarda kelgan qurollangan va harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazishgan. Ular uydan hech qanday shubhali narsa topa olmagan va qo‘shnilar guvohligida hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgan.

Jurnalistni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma’lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.

Advokatning aytishicha, shubha va gumonlar o‘z tasdig‘ini topmaganidan so‘ng uni mamlakatdan deportatsiya qilish to‘g‘risida qaror chiqarib, Migratsiya idorasining chet elliklarni saqlash bo‘limiga yuborishgan. Ayni vaqtda deportatsiya to‘g‘risidagi qarorni bekor qilish, kuzatuvni to‘xtatish to‘g‘risidagi da’vo tayyorlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, jurnalist Abdukarim Mirzayev o‘zining televideniyedagi faoliyati hamda ibratli hikoyalarni so‘zlab berib, videolarini ijtimoiy tarmoqlarga joylab borishi orqali tanilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi