Yurtimizga pochta jo‘natmalari orqali noqonuniy tarzda giyohvandlik vositalarini olib kirilishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona xodimlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Bosh pochtamt” bojxona postida aynan shunday huquqbuzarliklarning yana biri fosh etildi.
Unga ko‘ra, AQSH davlatidan kelgan kurerlik jo‘natmasi va unga tegishli hujjatlarda 90 dona biologik faol qo‘shimchalar bor ekanligi qayd etilgan edi. Mazkur jo‘natma rentgen qurilmasi orqali bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, jo‘natmadagi noma’lum buyum bojxona xodimlari diqqatini tortdi.
Buni qarangki, bildirilgan shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi. Mazkur jo‘natma tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, unda noma’lum suyuqlik bilan to‘ldirilgan elektron sigaret kartridji borligi aniqlandi.
Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, elektron sigaret kartridji ichidagi suyuqlik tarkibida tetragidrokannabinol va boshqa moddalar mavjud bo‘lgan 0,71 gramm kannabis moyi ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film