Jasur Fozilov
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlanishi ortida vazifasidan vaqtincha chetlatilgan Buxoro shahri prokurori Jasur Fozilov lavozimiga qaytdi. Ayni xabarni Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov O‘zA so‘roviga javoban tasdiqlagan.
Prokurorning lavozimiga qaytishi o‘tkazilgan xizmat tekshiruvida uning ustidan yozilgan shikoyatdagi vajlar tasdig‘ini topmaganini (mantiqan) bildiradi. Biroq xizmat tekshiruvi natijalariga oid tafsilotlar hozircha ochiqlangani yo‘q.
Jasur Fozilov ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga video murojaat qilganidan so‘ng «internet yulduzi»ga aylandi. U o‘z murojaatida o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgani, mazkur jarayonda qanday qonunbuzilishlar aniqlansa, bunga javob berishga tayyorligini aytib, respublika bosh prokurori va uning uch nafar xodimiga aloqador jinoyatlar hamda boshqa ma’lumotlarni fosh etmoqchiligini ma’lum qilgandi. O‘z navbatida Bosh prokuratura rasmiy bayonot berib, Buxoro shahridagi tadbirkorning J.Fozilovning noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi arizasi tekshirilayotgani, ayni jarayonda u vaqtincha lavozimidan chetlatilganini ma’lum qilgandi.
Buxoro shahri prokurori dastlab 11 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojjat qilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay uning bir emas, yana bir nechta videomurojaatlari tarqalgandi.
Ketma-ket murojaatlardan so‘ng ularni o‘rganish uchun Respublika idoralararo komissiya tuzilgani ma’lum qilinganidan ham xabaringiz bor.
Keng jamoatchilik mazkur komissiya xulosasini intiqlik bilan kutayotganiga ta’kid shart emas. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin