22:36 / 25.12.2020
2 968

Samarqandda inspektor yakka o‘zi 3 nafar jinoyatchining qo‘liga kishan soldi

Samarqandda inspektor yakka o‘zi 3 nafar jinoyatchining qo‘liga kishan soldi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
2020 yilning 17 dekabr kunidan 18 dekabr kuniga o‘tar kechasi Narpay tumani hududida tungi patrullik xizmatiga jalb qilingan profilaktika inspektori katta leytenant O‘tkir Bo‘rkiyev jinoyat ustidan chiqib qoldi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berishicha, u tungi soat 02:30larda Narpay tumani «O‘zbekkenti» va «Tepaqo‘rg‘on» mahallasi hududida o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida, ushbu mahallalar hududida joylashgan «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filialiga tegishli tayanch stansiyasi atrofida shubhali shaxslarni ko‘rib qoladi.

Inspektor shu yerda bo‘lgan «Damas» rusumli avtomashina yoniga borib, Paxtachi tumanida yashovchi 3 nafar fuqaro ushbu stansiyaga tegishli bo‘lgan 2 dona konditsioner va 1 dona yong‘in o‘chirish qurilmasini o‘g‘irlik yo‘li bilan avtomashinaga joylashyotgani ustidan chiqadi.

Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Profilaktika inspektori yakka o‘zi 3 nafar jinoyatchining qo‘liga kishan solib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olgan.

Qayd etilishicha, shubu holat bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borish davomida ushbu 3 nafar gumondor shaxslar muqaddam tuman hududida, shuningdek, Kattaqo‘rg‘on tumani hamda Navoiy viloyatining Xatirchi tumanlarida ham bir necha marotaba o‘g‘irlik jinoyatlarini sodir qilib kelganligini aniqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda inspektor yakka o‘zi 3 nafar jinoyatchining qo‘liga kishan soldi