
Kadr: Telegram
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida mahalla aholisi elektr energiyasi ta’minoti uzilishlariga qarshi norozilik o‘tkazib, avtomobil yo‘lini yopib qo‘ydi va shinalarni yoqib yubordi. Bu haqda Telegram’dagi «Exo Uzbekistana» kanali xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Muzrabot tumani «Obi hayot» mahallasida deyarli bir sutka davomida chiroq bo‘lmaganligi uchun xalq norozilik bildirib ko‘chaga chiqqan va balonlarni yoqib yuborgan.
«Tumanda umuman gaz yo‘q, odamlar qo‘lbola pechka yordamida isinadi. Asosan elektr pechkadan foydalangan odamlar shundan ham mahrum bo‘lib qolishgach, ilojsizlikdan ko‘chaga chiqishdi», — deyiladi xabarda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar