10:16 / 29.12.2020
1 979

Turizm infratuzilmasi ob’ektlarida namozxona va tahoratxonalarni qurish majburiy bo‘ladi

Turizm infratuzilmasi ob’ektlarida namozxona va tahoratxonalarni qurish majburiy bo‘ladi
Foto: azon.uz
Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini yanada rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
  • “O‘zbekiston turizm magistrali” turizm transport koridori bo‘ylab joylashgan turizm infratuzilmasi ob’ektlarida diniy amallarni bajarish (namozxona va tahoratxonalar) uchun shart-sharoitlar yaratish majburiy belgilanadi;
  • “Umra+O‘zbekiston” ziyorat turizmi dasturi doirasida sayohatni amalga oshiruvchi yo‘lovchilar uchun O‘zbekistondan uchib ketishda pul to‘lanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan yuk og‘irligi qo‘shimcha 10 kilogrammga oshiriladi.

Turizm qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining quyidagi takliflari ma’qullanishi mumkin:
  • 2020–2021 o‘quv yilining ikkinchi yarim yilligi (bahorgi semestr)dan boshlab “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universitetida, 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Buxoro va Termiz davlat universitetlarida “ziyorat turizm”, “transport logistikasi” va “kreativ sanoat” (creative industry) magistratura ta’lim yo‘nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
  • 2021–2022 o‘quv yilidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassis yetishtiruvchi oliy ta’lim muassasalarining 3-4 kurs talabalari uchun ziyorat turizm fani bo‘yicha o‘quv dasturini ishlab chiqish va joriy etish;
  • ziyorat turizmi uchun istiqbolli mamlakatlar tilini o‘rganish filologiyasi yo‘nalishi bitiruvchilari uchun oliy ta’lim muassasalari qoshida ziyorat turizmi mavzusida qayta tayyorlash kurslarini tashkil qilish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turizm infratuzilmasi ob’ektlarida namozxona va tahoratxonalarni qurish majburiy bo‘ladi