Foto: TASS
Olimlar qaysi qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega ekanliklarini aniqlashdi. Ular olib borgan tadqiqotga ko‘ra, IV qon guruhi egalari eng kuchli immunitetga ega bo‘ladilar.
Mutaxassislar kelgan xulosaga ko‘ra, qon guruhi inson organizmining virusli infeksiya vaqtida interferon ishlab chiqara olishiga ta’sir qiladi. Bu esa immun tizimi bilan bevosita bog‘liq hisoblanadi. Interferonlar virus, bakterial moddalar va past molekular kimyoviy birikmalarning organizmga kirishiga javoban ishlab chiqariladigan oqsillar hisoblanadi.
Olimlar IV qon guruhiga ega odamlar interferon ishlab chiqarish borasida eng kuchli ekanliklarini aniqlashgan. Bunday qon guruhiga ega sinaluvchilarning 92 foizi organizmida ushbu oqsil ko‘p miqdorda ishlab chiqarilgan.
I va III qon guruhiga ega sinaluvchilarning, mos ravishda, 80 va 91 foizida yuqori ko‘rsatkichlar qayd qilingan.
II qon guruhi tashuvchilarining 40 foizida interferon ishlab chiqarish darajasi past bo‘lgan va ular kasalliklarga uchrashga qolganlardan ko‘ra ko‘proq moyil hisoblanadilar.
Avvalroq xitoylik olimlar koronavirusni boshdan o‘tkazganlarning aksariyati immunitet tiklanishi muammolariga duch kelishlari mumkinligi haqidagi xulosaga kelishgandi. Bunday odamlarning bir qismida qonda limfotsitlar kamayishi kuzatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi