15:13 / 05.01.2021
3 173

Rasmiy bayonot: Metan «zapravka»lar soat 15:00dan 05:00 gacha yopiladi

Rasmiy bayonot: Metan «zapravka»lar soat 15:00dan 05:00 gacha yopiladi
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi havo haroratining pasayishi tufayli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ning soat 15.00 dan 05:00 gacha ishlashini cheklanishi haqida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirgi kunga kelib «Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning neft va gaz konlarida nosozlik sabab to‘xtatilgan barcha 14 ta gaz haydash agregatlari ishga tushirilgan va ish rejimida ishlamoqda.

Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish natijasida Muborak GQIZda gaz ta’minoti to‘liq tiklangan. Biroq, 4 yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar to‘ldirilmadi, bu esa zarur gaz bosimini tiklashga to‘sqinlik qiladi.

Shuningdek, 4 va 5 yanvar kunlari havo haroratining pasayishi tufayli gaz iste’molida o‘sish kuzatilmoqda.

«Shu munosabat bilan, respublika aholi iste’molchilari va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash birinchi darajali vazifadir.

Shuning uchun, bir qator zarur vaqtinchalik choralar joriy etilmoqda. Ulardan biri – avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ning soat 15.00 dan 05:00 gacha ishlashini cheklashdir. Ushbu vaqtinchalik chora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar joriy etiladi.

Ushbu cheklovlar bir qator hududlarda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda joriy qilinadi.

Mavjud vaziyat bilan bog‘liq ravishda, 4 yanvar kuni uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlashda vaqtincha uzilishlar bo‘lgan alohida holatlar yuz berdi. Barcha holatlar nazorat ostida va zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi vazirlik rasmiy bayonotida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rasmiy bayonot: Metan «zapravka»lar soat 15:00dan 05:00 gacha yopiladi