2020 yilning dekabrida Turkiya politsiyasi tomonidan shubhali shaxslar bilan telefon orqali muloqotda bo‘lishda gumon qilinib qo‘lga olingan taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev qo‘yib yuborildi, unga nisbatan ilgari surilgan gumonlar tasdiqlanmagan.
Turkiyada o‘zbekistonlik jurnalist Abdukarim Mirzayev ozodlikka chiqarildi. Bu haqda 12 yanvar kuni jurnalistning Telegram-kanalida xabar berildi.
Turkiyaning Kastamonu universiteti Kommunikatsiyalar fakulteti jurnalistika bo‘limi magistranti Abdukarim Mirzayev 11 dekabr kuni turk politsiyasi tomonidan qo‘lga olingandi.
Uni huquqiy jihatdan himoya qilish uchun yollangan advokat vaziyatni o‘rgangach, kimdir Abdukarim Mirzayevga tegishli raqam orqali shubhali shaxslar bilan muloqotda bo‘lgani haqida xabar bergani, ushbu ma’lumot ortidan jurnalist kuzatilib, so‘ngra qo‘lga olinganini aniqlagan.
10 dekabrdan 11 dekabrga o‘tar kechasi harbiy libosdagi to‘rt kishi, shuningdek, fuqaro kiyimidagi shaxslar Abdukarim Mirzayevning uyiga kelib, tintuv o‘tkazgan. So‘ng ular hujjatlarni rasmiylashtirib, jurnalistni olib ketishgandi.
Mirzayevga nisbatan gumonlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Shunga qaramay, u bir oy davomida deportatsiya bo‘linmasida qolishiga to‘g‘ri keldi.
Avvalroq Abdukarim Mirzayev bilan aloqada bo‘lgan «shubhali shaxslar»ga nisbatan gumonlar ham tasdiqlanmagani ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada hibsda qolmoqda. So‘nggi ma’lumotlar

Shavkat Mirziyoyev: «Jurnalist va blogerlarning ovozini eshitishga majburmiz»

Turkiyada qamoqqa olingan Abdukarim Mirzayevning deportatsiya qilinmasligi ma’lum bo‘ldi

Taniqli jurnalist Abdukarim Mirzayev Turkiyada qamoqqa olindi

Zoir Mirzayev: «Go‘shtni Qashqadaryodan Toshkentga qonuniy yo‘l bilan yetkazib berishda kamchilik bor»

«Men jurnalist emasman, degan bahona o‘rinsiz» — Najot Nur vlogerlarning tilga munosabati haqida